17 Sentyabr 2025 yil 129

Qoraqalpoq davlat universiteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor, QDU Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha psixologi, fakultet dekani maslahatchilari bilan birgalikda doimiy ravishda QDU talabalar turar joylarida yashovchi talaba-qizlar bilan uchrashuv o‘tkazib kelmoqda.

Ushbu tadbirlarni o‘tkazishdan maqsad - STJda yashovchi talaba qizlarga yotoqxona ichki tartib qoidalari, odob-axloq me’yorlari va kiyinish madaniyati haqida tushunchalar berishdan iborat bo‘ldi. Uchrashuvlar davomida talabalarning turmush tarzi, yashash sharoitlari va bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish imkoniyatlari o‘rganildi. Darsdan tashqari vaqtlarda o‘z qiziqishlari bo‘yicha fakultet to‘garaklariga yozilish hamda universitetimizda yoshlarga yaratilgan keng imkoniyatlardan samarali foydalanish muhimligi haqida ham aytib o‘tildi. Shuningdek, talaba qizlar bilan ochiq suhbat o‘tkazilib, fikr va takliflari tinglandi.

Text to speech