4 Oktyabr 2025 yil 620

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari tomonidan “Dolzarb 20-kunlik” operativ profilaktik tadbiri doirasida Nukus shahri hududida jinoyatchilikning oldini olish fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish maqsadida tungi xizmatga biriktirilgan xodimlarga yo‘riqnoma o‘tkazildi

Shu munosabat bilan Nukus shahri hududida xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlari, patrul-post xizmati xodimlari hamda boshqa tegishli tuzilmalar vakillari ishtirokida maxsus yo‘riqnoma o‘tkazildi. Yo‘riqnoma davomida tungi xizmatga jalb etilgan xodimlarga o‘z xizmat vazifalarini qonuniylik, xolislik va mas’uliyat bilan bajarish, fuqarolar bilan muomalada qonun doirasida harakat qilish hamda jinoyat va huquqbuzarlik holatlarini o‘z vaqtida aniqlash va oldini olish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi. Mazkur tadbir jinoyatchilikning keskin kamayishiga erishish, jamoat tartibini ta’minlash va fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan muhim amaliy qadam hisoblanadi.

Text to speech