15 Iyun 2023 yil 458

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlarining farzandlari uchun tavsiyanomalar topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan mamlakatimizda ichki ishlari organlari tizimini tubdan takomillashtirish borasida bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda shu bilan bir qatorda xodimlarni ijtimoiy himoya qilish, ularni moddiy va maʼnaviy qo‘llab quvvatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 26 fevral kunidagi “Ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoya qilishni yana-da kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4212-sonli Qarori qabul qilindi
Ushbu qarorga asosan joriy yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar organlarida huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan 88 nafar ichki ishlar organlari xodimlarining 103 nafar farzandlariga “Tavsiyanoma”lar Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov tomonidan tantanali ravishda topshirildi 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

 

 

Text to speech