Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri Kegayli tumanida fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va hal etish yuzasidan sayyor qabul o‘tkazdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov tomonidan joylarda sayyor qabullar o‘tkazish orqali fuqarolarning murojaatlarini o‘rganish va hal etish ishlari olib borilmoqda. Bu galgi sayyor qabul Kegayli tumani, «Abat ao‘il» ovul fuqarolar yig‘ini aholisi uchun bo‘lib o‘tdi.
Mazkur sayyor qabulga ichki ishlar organlari xodimlari, tumandagi boshqa mutasaddi tashkilotlarning rahbarlari jalb etildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan kelib tushgan 22 turli masalalardagi murojaatlar ko‘rib chiqildi. Bildirilgan murojaatlarning 5 tasi joyida ijobiy hal etildi. 3 ta murojaat egasiga huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, 14 ta murojaatning ijrosi bo‘yicha tegishli mutasaddi xodimlarga topshiriqlar berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.