13 Aprel 2023 yil 422

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik B.A.Izbasarov tomonidan “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlar tanqidiy muhokamasi bo‘lib o‘tdi

“Payshanba –profilaktika kuni” davomida  Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik B.A.Izbasarov tomonidan joriy yilning 30-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining nukus shahri “Altin jagis” mahallasiga qilgan tashrifi davomida bergan topshiriqlari yuzasidan  nukus shahrida mahalla vakillari yaʼni mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori va yoshlar yetakchilarining “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyili asosida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlar tanqidiy muhokamasi bo‘lib o‘tdi va kelgusida amalga oshirilish lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Shuningdek, mahallalarda ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni QR IIV bosh inspektori polkovnik B.Avazov, Nukus shahar IIO FMB boshlig‘i polkovnik Z.Zaitov, Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari mayor S.Jumamuratovlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar joylarga borgan holda o‘rganilib, mahalla vakillariga belgilangan aniq vazifalari tushuntirildi.
Olib borilayotgan tadbirlarning asosiy maqsadi mahallalarda huquqbuzarlik sodir etishi yoki huquqbuzarlikdan jabrlanishi mumkin bo‘lgan shaxslar bilan individual tartibda ishlash natijasida mahallada huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishdan iborat.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech