Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik M.T.Raxmatullayev tomonidan Qo‘ng‘irot, Qonliko‘l va Shumanay tumani IIBlarining 3 oylik ish faoliyatlari, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar hamda kelgusidagi vazifalar bo‘yicha tezkor yig‘ilish o‘tkazildi.
2021 yil 12 aprel kuni, Qo‘ng‘irot,Qonliko‘l va Shumanay tumani IIBlarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik M.T.Raxmatullayev ishtirokida, tuman IIB rahbariyati va shaxsiy tarkibi o‘rtasida tezkor yig‘ilish o‘tkazilib, yig‘ilishda tuman IIB tomonidan joriy yilning 3 oyi davomida jinoyatchilikka qarshi kurash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat tartibini taʼminlash borasida olib borilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar tanqidiy muhokama qilindi hamda kelgusidagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilanib olindi.
Yig‘ilish davomida, vazir o‘rinbosari polkovnik M.T.Raxmatullayev tomonidan kelgusida har bir xodim “vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish eng oliy burchimizdir” shiori ostida xizmat qilishi, o‘z vazifasiga vijdonan yondashishi, xalq manfaatlariga xizmat qilishni o‘zining burchi deb bilishi, xizmat intizomi va qonunchilikka qatʼiy rioya etishi zarurligini taʼkidlab, barcha xodimlarning kelgusi xizmat faoliyatiga muvaffaqiyatlar tiladi.
Yig‘ilishning yakuniy qismida, xizmatda yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan, xizmat burchlariga vijdonan va sidqidildan yondashgan bir guruh xodimlarga vazirlik rahbariyatining tashakkurnomalari topshirildi.
Vazir o‘rinbosari polkovnik M.T.Raxmatullayev tomonidan yuqoridagi tumanlarda o‘tkazilgan tezkor yig‘ilishlardan so‘ng, tumanlarning barcha mahalla raislari va profilaktika inspektorlari bilan uchrashib, “mahallabay” ishlash tizimi muhokama qilindi. Shundan keyin, ushbu tumanlardagi eng ko‘p jinoyat sodir etilgan mahallarga borilib, mahalla faollari bilan huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘yicha tegishli chora tadbirlar belgilanib olindi hamda ushbu hududlarning profilaktika inspektorlari faoliyati ham o‘rganib chiqildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi tergov boshqarmasi