15 Aprel 2022 yil
920
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.T.Orinbayevning navbatdagi sayyor qabuli Qorao‘zak tumanda bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 14 aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi 3 sektor boshlig‘i ichki ishlar vaziri polkovnik A.T.Orinbayevning Qorao‘zak tuman «A.Dosnazarov» O.F.Y da sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Sayyor qabulda fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolari va takliflari tinglandi. Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan sayyor qabulda, fuqarolarning murojaatlari bo‘yicha tegishli tartibda arizalar qabul qilinib, barchasi bo‘yicha qonun hamda boshqa normativ huquqiy hujjatlar doirasida batafsil tushuntirishlar berildi hamda amaliy yordam ko‘rsatish va ijrosini taʼminlash yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.