3 Mart 2023 yil 521

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov jinoyatchilikni barvaqt oldini olish bo‘yicha Qanliko‘l tumanida bir qator masʼul xodimlar bilan uchrashdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov Qanliko‘l tumanida bo‘lib, tumanda istiqomat kiluvchi fuqarolar, shuningdek masʼul xodimlar bilan uchrashdi. Yig‘ilishda respublikamiz hududida yuz berayotgan jinoyatlar to‘g‘risida maʼlumotlar berildi. Respublikamiz hududida o‘tgan 12 oy davomida o‘g‘irlik, yo‘l transport hodisasi, hamda firibgarlik kabi jinoyatlar oshganligi bo‘yicha itrof etildi. Shu qatorda o‘tgan yil davomida Qanliko‘l tumanida o‘g‘irlik, iqtisodiy jinoyatlarning oshganligi bo‘yicha tanqid qilindi. Shuningdek barcha masʼullarga bu kabi jinoyatlarning barvaqt oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tashviqot ishlari olib borildi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech