Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri yuz bergan og‘ir oqibatli jinoyatni muhokama qildi.
Joriy yilning 21 fevral kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov Xo‘jayli tumani Jayxun PPJ hududidagi 26-sonli maktabida tuman xokimi, hamda sektor rahbarlari, PPJ fuqarolari hamda keng jamoatchilik ishtirokida Xo‘jayli tumani Jayxun PPJ hududida yuz bergan jinoyatning kelib chiqish sabablari hamda kelgusida bunday og‘ir oqibatli jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha muhokama qildi. Ushbu hodisa joriy yilning 17 fevral kuni soat 20:10 lar atrofida Xo‘jayli tumani yashovchi, 1967 yil tug‘ilgan fuqaro A. R o‘zining ajrashgan turmush o‘rtog‘i Xo‘jayli tumani yashovchi 1970 yil tug‘ilgan fuqaro A. D ning uyiga borib, ushbu uyda mehmonga kelgan D. A ning singlisi, 1973 yil tug‘ilgan, Xo‘jayli tumanida yashovchi fuqaro S. Q lar o‘rtasida kelib chiqqan janjal oqibatida fuqaro A R fuqaro S. Q ning qorin qismiga oshxona pichog‘i bilan bir marotaba urib, tan jarohati yetkazgan.
Natijada Q.S kasalxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ushbu jinoyatning kelib chiqish sabablari keng jamoatchilik o‘rtasida muxokama qilindi.
Shu kabi jinoyatlarning kelib chiqish sabablari mahallabay, xonadanbay hamda fuqarobay qisimida o‘rganish shuningdek fuqarolar orasida targ‘ibot tashviqot ishlarni olib borish to‘g‘risida masʼul xodimlarga topshiriqlar berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati