15 Iyul 2023 yil 436

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining navbatdagi sayyor qabuli Beruniy tumanida bo‘lib o‘tdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov rahbarligida joriy yilning 14 iyul kuni navbatdagi ommaviy qabuli Beruniy tumanida o‘tkazildi. Qabul davomida jami 15 ta murojaatlar kelib tushib, shundan 5 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi, 3 ta murojaatlarga huquqiy tushuntirishlar berildi va 7 ta murojaatlar ko‘rib chiqish uchun nazoratga olindi. Masalan, ikkita fuqaroga ID karta berildi, uchta fuqaroga o‘zini-o‘zi band qilish maqsadida foydalanish uskunasi va pishiriq pishirish pechkasi berilib, murojaatlari joyida ijobiy yechim topdi

 Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axboroti xizmati

 

Text to speech