Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik M.T.Raxmatullayev tomonidan Nukus shahri hududida sodir etilgan jinoyatlar mahalla faollari bilan birgalikda muhokama qilindi.
Joriy yilning 13 mart kuni, vazir o‘rinbosari polkovnik M.T.Raxmatullayev tomonidan Nukus shahri Qizil qum MFY hududida joylashgan 16-sonli umumtaʼlim maktabi binosida, shahar hamda mahalla fuqarolari yig‘ini faollari va aholisi bilan birgalikda, Nukus shahar Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi 1-sonli IIB huzuridagi tergov guruhi tomonidan joriy yilda yilda, O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi muhokama qilinib, mazkur jinoyatning kelib chiqish sabablari hamda uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlari o‘rganilib, kelgusida jinoyatlarning profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Jumladan, 2021 yil fevral oyining boshlarida B.ismli shaxs o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-toroj qilish maqsadida Nukus shahrida joylashgan masʼuliyati cheklangan jamiyatga tegishli bo‘lgan jami 131.000.000 so‘mlik qurilish mollarini yashirish ravishda o‘g‘irlab ketgan holatlar muhokama qilindi.
Vazir o‘rinbosari M.T.Raxmatullayev tomonidan Nukus shahar ichki ishlar organlarini muvofiqlashtirish boshqarmasi rahbariyatiga huquqbuzarlik va jinoyatlarni barvaqt oldini olish yuzasidan tegishli topshiriqlar berib o‘tdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi tergov boshqarmasi