Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida bo‘ldi
Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazir o‘rinbosari polkovnik B.A.Izbasarov vazirlik jamoat xavfsizlik xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi bo‘linmalari Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazida bo‘ldi.
Birinchi navbatda vazir o‘rinbosari polkovnik B.Izbasarov markaz shaxsiy tarkibini ichki ishlar vaziri polkovnik B.Torebekovning shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi boshlig‘i lavozimiga yangi tayinlangan mayor Dauletbayev Amanbayni shaxsiy tarkibga tanishtirib, unga kelgusida amalga oshirishi lozim bo‘lgan yaʼni markaz faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.
Shuningdek polkovnik B.Izbasarov Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi olib borilayotgan qurilish ishlari, markaz yotoqxonalari, xodimlarning xizmat xonalari jihozlanishi bilan tanishib, bu borada tegishli ko‘rsatmalarni berdi.
Vazir o‘rinbosari B.Izbasarov markaz xodimlariga markazga olib kelingan har bir Voyaga yetmagan shaxs uchun masʼul ekanligini, ularning kelgusi hayotida doimiy ishtirok etish lozimligini, kelgusida ular aholi orasida yetuk, namuna bo‘ladigan inson bo‘lib o‘sishi uchun barcha zarur choralarni amalga oshirish bo‘yicha tegishli topshiriqlarni berdi.