Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov boshqarmasida I chorak yakuni sarhisob qilindi.
Joriy yilning 21 aprel kuni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida, vazir o‘rinbosari polkovnik M.T.Raxmatullayev raisligida Ichki ishlar organlari tergov, ekspert-kriminalistika bo‘limlarining 2021 yildagi ish ko‘rsatkichlarini muhokama qilish, erishilgan natijalar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan videoselektor shaklida tezkor yig‘ilish o‘tkazildi.
Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan tezkor yig‘ilishda sohaviy xizmatlar tomonidan joriy yilning 3 oyi davomida erishilgan ijobiy natijalar bilan bir qatorda, tizimda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ularni kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillar muhokama qilindi hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan maqsadli chora-tadbirlar belgilab olindi. Har bir xodim “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – burchimiz!” konseptual g‘oyasi asosida ish olib borishi lozimligi belgilandi.
Tadbir davomida, o‘z xizmat burchini masʼuliyat bilan sidqidildan, halol bajarayotgan, ijobiy natijalariga erishib, hamkasblariga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh tergovchi va ekspert-kriminalistika bo‘limi ekspertlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining “faxriy yorlig‘i” topshirildi.
Shuningdek, tergovchi va surishtiruvchilarning ish samaradorligi yana-da oshirish maqsadida yaxshi ko‘rsatkichlarga erishgan shahar-tumanlarga xizmatda foydalanish uchun Tergov departamenti tomonidan ajratilgan oxirgi rusumdagi “noutbuk”lar topshirildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi tergov boshqarmasi