17 Iyul 2021 yil 1052

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov boshqarmasida ikkinchi chorak yakuni sarhisob qilindi.

Joriy yilning 16 iyul kuni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vazirligida, vazir o‘rinbosari polkovnik M.T.Raxmatullayev raisligida Ichki ishlar organlari tergov, ekspert-kriminalistika bo‘limlarining 2021 yil 6 oyi davomidagi ish ko‘rsatkichlarini muhokama qilish, erishilgan natijalar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan videoselektor shaklida tezkor yig‘ilish o‘tkazildi.
Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan tezkor yig‘ilishda sohaviy xizmat tomonidan joriy yilning 6 oyi davomida erishilgan ijobiy natijalar bilan bir qatorda, tizimda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar, ularni kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillar, shuningdek, xodimlarning tartib va ijro intizomiga rioya qilishlari muhokama qilindi hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan maqsadli chora-tadbirlar belgilab olindi.
Har bir xodim «Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish - oliy burchimiz!» konseptual g‘oyasi asosida ish olib borishi lozimligi belgilandi.
Tadbir davomida, o‘z xizmat burchini mas’uliyat bilan sidqidildan, halol bajarayotgan, ijobiy natijalarga erishib, hamkasblariga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh tergovchi va ekspert-kriminalistika bo‘limi ekspertlariga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining «faxriy yorlig‘i», yangi tahrirdagi jinoyat, jinoyat-protsessual va ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodekslar, Tergov departamenti ramzi tushirilgan qo‘l soatlari va bloknotlar, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 03.07.2021 yildagi 237-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlari xodimlari o‘qishi uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar ro‘yxatiga kiritilgan badiiy kitoblar hamda boshqada esdalik sovg‘alar topshirildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.

Text to speech