18 Avgust 2021 yil 560

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi terma jamoasi birinchi o‘rinni egalladi

Joriy yilning 16-18 avgust kunlari oralig‘ida tasdiqlangan rejaga asos Dinamo jismoniy tarbiya va sport jamiyatining birinchiligi uchun, Qoraqalpog‘iston Respublikasi huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari o‘rtasida sportning mini futbol turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Musobaqada jami 21 jamoa ishtirok etib, qizg‘in va bahslarga boy tarzda o‘tdi.
Musobaqa yakunlariga ko‘ra, faxriy birinchi o‘rinni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining terma jamoasi, ikkinchi o‘rinni O‘zbekiston Milliy gvardiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi egallagan bo‘lsa uchinchi o‘rin Ichki ishlar vazirligining 7261-sonli harbiy qism jamoasiga nasib etdi.
G‘oliblarni taqdirlash tadbiriga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik I.Axmedov ishtirok etib, ishtirokchilarni tabrikladi va kelgusi xizmat faoliyatlarida zafarlar tiladi.
Musobaqa g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.

Text to speech