5 Dekabr 2022 yil 668

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan o‘zaro hamkorlik MEMORANDUMI imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 11 avgustdagi PQ4804-sonli qarori asosida O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi “Ishga marhamat” monomarkazlari tashkil etilgan.
Mazkur monomarkazlar band bo‘lmagan aholi qatlamini kasbga yo‘naltirish, kasbiy qiziqish va layoqatini inobatga olgan holda bo‘sh vaqtlarini maqsadli o‘tkazishlarini taʼminlash faoliyati bilan shug‘ullanadi.
2022 yil 19 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi o‘rtasida “O‘zaro hamkorlik memorandumi” imzolandi. Mazkur memorandum imzolashdan asosiy maqsad ichki ishlar organlari xodimlari, harbiy xizmatchilari, ishchi va xizmatchilar, pensionerlar hamda ularning oila-aʼzolarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek xodimlarning haq to‘lanadigan ishga yoki mehnat daromadi keltiradigan mashg‘ulotga ega bo‘lmagan turmush o‘rtoqlari va 18 yoshga yetgan farzandlarini kasbga yo‘naltirish, kasbiy qiziqishi va layoqatini inobatga olgan holda bo‘sh vaqtlarini maqsadli o‘tkazishlarini taʼminlash hisoblanadi.
Memorandumda, “Ishga marhamat” monomarkazlarida xizmat ko‘rsatish va servis, texnik, umumqurilish, horijiy tillarni o‘qitish, raqamli texnologiyalar, tadbirkorlik asoslari sohalari va boshqa yo‘nalishlarda xodimlarning oila-aʼzolari va pensionerlarni kasbga o‘qitilishi belgilandi. Shu kunga qadar ish bilan band bo‘lmagan 8 nafar xodimni turmush o‘rtoqlari 1 nafar ishchimizni farzandi har-xil servis sohalari bo‘yicha o‘qish uchun yo‘llanma olib Nukus shaxridagi Monomarkazda o‘qiyapti.
Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan “O‘zaro hamkorlik memorandumi” imzolandi.
 Mazkur memorandum Respublika Ichki ishlar organlari xodimlarining ish bilan band bo‘lmagan oila-aʼzolarini kasbga yo‘naltirish va oilaviy daromadlarini oshirish, ijtimoiy himoyasini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilgan islohotlarning bir ko‘rinishi bo‘ladi deb ishonamiz.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

 

 

Text to speech