Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘linmalarining tergovchi va surishtiruvchilari sudlarda amaliyot o‘tamoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi tomonidan 12.11.2020 yilda tasdiqlangan “Qoraqalpog‘iston Respublikasida jinoyatlarni jilovlash, jinoyatchilik profilaktikasini yana-da takomillashtirish, odil sudlovni taʼminlash va korrupsiyadan holi hududga aylantirish bo‘yicha YO‘L XARITASI”ning 50-bandining ijrosini hamda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti rahbariyati ko‘rsatmasi ijrosini to‘liq taʼminlash maqsadida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalarining tergovchi va surishtiruvchilari Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudi va uning hududiy sud organlarida amaliyot o‘tamoqda.
Sud amaliyotida, tergov bo‘linmalari xodimlari sudyalar tomonidan mazmunan ko‘rib chiqilayotgan jinoyat ishlarining sud jarayonlarida bevosita ishtirok etib, sudlanuvchilarning jinoiy harakatlarini to‘g‘ri malakalash, sud protsessi ishtirokchilariga holatga oid berilayotgan savollarning mazmun va mohiyatini o‘rganmoqda, shuningdek sudyalardan o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar olib, o‘zlarining bilim va malakasini oshirmoqdalar.
Tergov bo‘linmalari yosh xodimlarining sudlarda amaliyot o‘tash jarayoni davom etmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi tergov boshqarmasi