9 May 2021 yil 810

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi rahbariyati tomonidan tergov bo‘linmalarida xizmat qilgan nafaqadagi faxriylarni 9 may – «Xotira va qadrlash kuni» bayrami bilan tabrikladi. 

  Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi rahbariyati tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning hududiy tergov bo‘linmalarida uzoq yillar davomida samarali faoliyat ko‘rsatib, hozirda nafaqada keksalik gashtini surayotgan bir nechta faxriylarning yashash uylariga borilib, ularni 9 may – «Xotira va qadrlash kuni» munosabati bilan chin qalbdan muborakbod etib, O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti rahbariyati tabriknomasini va Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV rahbariyatining samimiy tilaklarini yetkazib, esdalik sovg‘alarini topshirdi.
O‘z navbatida, faxriylarimiz xodimlarga o‘zlarining yaxshi tilaklarini bildirib, ko‘rsatilgan hurmat va ehtirom uchun O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligini bildirib, mashaqqatli shu bilan birga sharafli kasblarida ulkan muvaffaqiyatlarni tilab qoldilar.

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

 

Text to speech