26 Avgust 2023 yil 582

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV shaxsiy tarkibi bilan “Mustaqillik” bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida navbatdagi saf ko‘rigi va saf tayyorgarligi mashg‘ulotlari o‘tkazildi

Joriy yilning 25 avgust kuni vazirlikning MMI va KBTX masʼullari tomonidan IIV shaxsiy tarkibi ishtirokida o‘tkazilgan "Saf ko‘rigi"da IIV meʼyoriy buyrug‘i talablari asosida xodimlarning xizmat kiyim-boshlarini kiyganliklari, xizmat davomida foydalaniladigan, yonlarida olib yurishlari zarur bo‘lgan vositalarning mavjudligi tekshiruvdan o‘tkazilib, saf tayyorgarligi mashg‘ulotlari olib borildi.

Shu bilan birga, xodimalar orasida xizmat intizomiga amal qilish va qonuniylikni mustahkamlash borasida tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

 

Text to speech