31 Mart 2021 yil 819

Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Yoshlar markazi”da navbatdagi o‘quv seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.  

Joriy yilning 29 mart kuni, Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining raisi G.J.Bazarbayeva, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari polkovnik  M.T.Raxmatullayevlar boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi tomonidan 12.11.2020 yilda tasdiqlangan “Qoraqalpog‘iston Respublikasida jinoyatlarni jilovlash, jinoyatchilik profilaktikasini yana-da takomillashtirish, odil sudlovni taʼminlash va korrupsiyadan holi hududga aylantirish bo‘yicha YO‘L XARITASI”ning tegishli bandlarining ijrosini taʼminlash hamda xodimlarni bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida Nukus shahar “Yoshlar markazi”da Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining sudyalari va tuman-shahar sudining raislari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi tergovchilari va bo‘lim prokurorlari hamda IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari tergovchi hamda surishtiruvchilari ishtirokida qonunga kiritilgan oxirgi o‘zgartirish va qo‘shimchalar hamda amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan o‘quv seminar mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, Tergov boshqarmasi va uning hududiy bo‘linmalari tergovchi hamda surishtiruvchilarining sudlarda amaliyot o‘tash tartibi va  natijalari, surishtiruvchi va tergovchilarning tajriba, ko‘nikmalarini oshirish hamda amaliyot jarayonida yuzaga kelayotgan muammoli holatlar  muhokama etildi.
O‘quv mashg‘ulotida tergov xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olib, mashg‘ulot qizg‘in muhokama va mulohazalarga boy bo‘ldi.

 

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV huzuridagi tergov boshqarmasi

Text to speech