14 Avgust 2025 yil 69

Xotin-qizlar hunarmandchiligi - davr talabi

Shumanay tumani "Qoraboyli" mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi "Oila" markazida "Hunarmandchilik - davr talabi, oila uchun qo‘shimcha daromad manbai" mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining qo‘mita raisi Sh.O‘temisov, Shumanay tumani hokimining o‘rinbosarlari A.Bekmuratov va T.Qalliqilishova, Shumanay tumani IIB K.Bekmanova "Ibratli ayollar" a’zolari ishtirok etdi. Dastlab, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabr kungi 820-sonli qaroriga asosan, tayyorlangan yosh oilalarga sertifikatlar topshirildi. Tadbir yakunida "Qoraboyli" mahalla fuqarolar yig‘ini binosida ko‘cha boshi onaxonlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Muloqot davomida Prezidentimiz tashabbusi bilan olib borilayotgan islohotlar, xotin-qizlar bandligini oshirish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘shimcha daromad topish imkoniyatlari haqida atroflicha tushunchalar berildi.

Text to speech