19 Sentyabr 2025 yil
329
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri huzurida “Dolzarb 10-kunlik” kompleks tezkor-profilaktik tadbiri doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda masʼullar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor majlisi bo‘lib o‘tdi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov rahbarligida respublika hududida o‘tkazilayotgan "Muhim 10 kunlik" kompleks tezkor-profilaktik tadbiri davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar muhokama qilinib jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi chora-tadbirlarni kuchaytirish, qizil toifaga kiritilgan mahallalarda qo‘shimcha naryadlar tashkil etilib xavfsiz hududga aylantirish bo‘yicha soha rahbarlariga topshiriqlar berildi. Shuningdek, "Muhim 10 kunlik" kompleks tezkor-profilaktik tadbiri davomida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan soha xodimlariga qat‘iy ogohlantirishlar berildi.