13 Sentyabr 2024 yil 1590

“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkillashtirildi

    Yoshlar elimizning kelajagi, ertangi kunga bo‘lgan ishonish. Ularning taʼlim tarbiyasi hamisha davlat siyosatining boshli yo‘nalishlarining biri hisoblanadi. Yoshlarni har tomonlama qo‘llab quvvatlash, ularning piqir va takliflarini tinglash borasida tegishli rahbarlar tomonidan uchrashuvlar o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan. Beruniy tumanida “Rahbar va yoshlar” mavzusida ochiq suhbat shaklida uchrashuv tashkillashtirildi. Uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi raisi Farxad Ermanov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov hamda Yoshlar ishlari agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi boshlig‘i Polat Maqsetbayevlar hamda tuman sektor boshliqlari tegishli soha vakillari va yoshlar qatnashdi. Uchrashuv davomida Prezidentimiz tomonidan yoshlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularga qaratilib kelayotgan eʼtibor va g‘omxo‘rliklar natijasida yuqori natijalarga erishib ketayotganligini faqatgina respublika ko‘lamida emas xalqaro darajadagi tanlovlar musobaqalar sport o‘yinlarida o‘zlarini ko‘rsatib kelayotgan yoshlarning qatori ortib baroyotganligi haqida alohida taʼkidlab o‘tildi. Yoshlar jamiyatimizning yetakchi kuchi. Mamlakatimizda ular uchun bilim olish sport bilan shug‘ullanish IT yo‘nalishi va hunarmandchilik sirlarini o‘rganish uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Ochiq mulohat shaklida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bir qator yoshlar o‘zlarining piqir takliflari bilan qatnashdi.    

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech