6 Yanvar 2021 yil 1029

RAHBAR XODIMLARNING KASBIY BILIMLARI OShIRILDI

O'zbekiston Respublikasi IIVning 2018 yil 25 sentyabrь kunidagi 259-sonli «Ichki ishlar organlarida rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirishning samarali tizimini joriy etishchora-tadbirlari to'g'risida»gi buyrug'iga asosan, joriy yilning 6 yanvarь kuni Vazirlik Kadrlar boshqarmasi bilan hamkorlikda “Qoraqalpog'iston Respublikasi IIVning boshqarma va bo'lim boshliqlari lavozimi” hamda “shahar-tuman ichki ishlar bo'limi boshlig'i lavozimi” zaxiralariga kiritilgan rahbar xodimlarning kasbiy, huquqiy, ma'naviy-axloqiy hamda psixologik bilimlarini oshirish bo'yicha o'quv yig'ini o'tkazildi.
Yig'inda o'quv mashg'ulotlar Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV tomonidan tasdiqlangan rejaga muvofiq, Vazirlikning amaliy ish tajribasiga ega sohaviy xizmat xodimlari hamda oliy ta'lim muassasasining professor-o'qituvchilari tomonidan o'tkazildi.
O'quv mashg'uloti jarayonida ishtirok etgan rahbar xodimlar o'zlarining qiziqtirgan savollari bilan fikr almashib, yetarlicha ko'nikmalar hosil qilishdi, deydi Vazirlik Malaka oshirish institutining Qoraqalpog'iston Respublikasi filiali rahbari podpolkovnik yuridik fanlari bo'yicha falsafa doktori Saparbay Allambergenov.
 
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati
Text to speech