Respublika miqyosida "Voyaga yetmaganlarning qarovsiz-nazoratsiz qolishi va Voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish" borasida joylarda profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2021 yil 3-avgust kungi "Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy
huquqiy yordam ko‘rsatishni yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida" gi 490-sonli qaroriga muvofiq Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy
huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga joylashtirilgan va takroriy joylashtirilgan
Voyaga yetmaganlarga profilaktik tadbirini o‘tkazish va ota-onasi yoki ularning
o‘rinini bosuvchi shaxslarning bola tarbiyasida masʼuliyatini oshirish masalasi
hamda Voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini
olish bo‘yicha ishlarni samarali tashkil etish Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Ichki ishlar vazirining 2025-yil 7-aprel kungi 195-sonli farmoyishi asosida
2025- yilning 8-aprel kunidan 8-may kuniga kadar Respublika miqyosida "Voyaga
yetmaganlarning qarovsiz-nazoratsiz qolishi va Voyaga yetmaganlar o‘rtasida
jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish" profilaktik tadbir
o‘tkazilmoqda. Respublika miqyosida o‘tkaziladigan tadbir davomida Voyaga
yetmagan farzandlarini qarovsiz va nazoratsiz qoldirish oqibatida
huquqbuzarliklar sodir etishi yoki uning qurboniga aylanib qolishining salbiy
holatlariga olib kelishi bo‘yicha ota-onalar va (ularning o‘rinini bosuvchi
shaxslarga) tushuntirish ishlarini olib borishda nukus shahrida Maktabgacha va
maktab taʼlim bo‘limiga qarashli 20,24 va 25 sonli maktablarga borib, doimiy
ravishda dars qoldirayotgan hamda tartib intizomi yaxshi bo‘lmagan
o‘quvchilarning darsga kelmayotgan sabablarini aniqlab ularning ota-onalariga
farzandlarining taʼlim olishida javobgar ekanligi bo‘yicha tushuntirish ishlari
olib borildi.