19 Iyul 2024 yil 3459

Respublikamiz hududida 1 iyuldan 31 iyul kuniga qadar “Kibermadaniyatni yuksaltirish” targ‘ibot oyligi yuqori saviyada o‘tkazilmoqda

Prezidentimizning 2024 yil 21 fevraldagi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoni 4-ilovasi 30-bandi ijrosi yuzasidan tashkil etilayotgan oylikni yuqori saviyada o‘tkazish chora-tadbirlari belgilab olingan. Jumladan, oylik doirasida kiberjinoyatlarga qarshi kurashishni targ‘ib qiluvchi, kiberjinoyatlardan ogohlikka chorlovchi “Eng faol mahalla”, “Eng yaxshi milliy kontent” singari o‘n uch turdagi targ‘ibot tanlovi, “STOP! Cybercrime” nomli ogohlikka chaqiruvchi ommabop chellenjlar va kiberbullingdan himoyalanish, kiberomantikaning salbiy oqibatlari, shaxsiy maʼlumotlarni himoya qilish kabi o‘nta targ‘ibot tadbiri o‘tkazish rejalashtirilgan. Tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Soha xodimlari tomonidan ushbu oylikni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida oholi ko‘p yig‘iladigan joylarda fuqarolarni sergaklikka chaquvchi eslatmalar va bukletlari tarqatilib barchani ogohlikka chorladi

Text to speech