8 Aprel 2024 yil 2053

Saf ko‘rigi va saf tayyorgarligi mashg‘ulotlari o‘tkazildi

Oltinchi mintaqaviy hudud 2-son tergov hibsxonasiga JIED MMIvaKBTB masʼul xodimlari tashrif buyurib, shaxsiy tarkib bilan maʼnaviy-maʼrifiy yo‘nalishda olib borilayotgan ish faoliyati o‘rganildi. Jumladan, xodimlar bilan ertalabki xizmat oldi yo‘riqnoma o‘tkazish tartibi, tezkor maʼlumotlarni yetkazish, rahbariyat tomonidan xodimlar bo‘yicha qo‘yilayotgan vazifa va topshiriqlar ijrosi, saf ko‘rigi va saf tayyorgarligi mashg‘ulotlarini o‘zlashtirganlik darajasi, maʼnaviyat va maʼrifat darsligi hamda xizmat-jangovar mashg‘ulotlar o‘tkazilishi, kadrlar bilan ishlash bo‘yicha yuritilayotgan hujjatlar yig‘ma jildlari, ijtimoiy himoya masalasida amalga oshirilayotgan ishlar, “Hodimbay” ishlash faoliyati hamda xizmat xonalari va joylari tekshirilib, aniqlangan xato-kamchiliklar yuzasidan bartaraf qilish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatildi.

Text to speech