Saf ko‘rigi o‘tkazildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ayrim boshqarma, bo‘lim, sohaviy xizmati xodimlari o‘rtasida oylik rejaga muvofiq hamda rejaning ijrosini taʼminlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati tomonidan saf ko‘rigi o‘tkazildi.
Saf ko‘rik davomida xodimlarning tashqi ko‘rinishi, xizmat kiyimini kiyish tartib-qoidalariga rioya qilinishi, doimiy ravishda yonida bo‘ladigan anjomlar va xizmat guvohnomasining talab darajasida ekanligi hamda saf tayyorgarligi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarning qay darajada shakllanganligiga alohida eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari Saf Nizomining ayrim mashqlari bajarildi.Bundan tashqari, shaxsiy tarkib bilan xizmat intizomi va qonunchilikka to‘liq rioya qilish, fuqarolar bilan muloqotda xushmuomala bo‘lish borasida yo‘riqnomalar o‘tkazilib, zarur tavsiyalar berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati