22 Noyabr 2023 yil 4589

Sayyor qabulning navbatdagisi Beruniy tumanida bo‘lib o‘tdi

Joylarda tegishli rahbarlar tomonidan xalqning hayotida uchrayotgan masalalar va muammolarini o‘rganish va ularga ijobiy yechim topish maqsadida o‘tkazilayotgan sayyor qabullar o‘zining ijobiy samarasini bermoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekovning navbatdagi sayyor qabuli Beruniy tumanida o‘tkazildi. Ellikqalʼa, To‘rtko‘l, Beruniy tumani aholisi uchun tashkil etilgan sayyor qabulda Ichki ishlar organlariga oid, shuningdek, ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha jami 30 dan oshiq murojaat qabul etildi. 25 ta murojaat joyida ijobiy yechim topgan bo‘lsa, 4 ta murojaat egasiga huquqiy tushunchalar berildi. O‘rganish ishlari hamda vaqt talab etiladigan murojaatlar yechimi uchun muddat belgilanib, ijrosi nazoratga olindi. Albatta o‘tkazilib borilayotgan bunday sayyor qabullar xalqimizning hayotidagi muammolarini ijobiy yechishim topishi ularning bugungi kundan rozi bo‘lib yashashini taʼminlaydi va kelajakka bo‘lgan ishonishini yana-da mustahkamlaydi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech