21 May 2025 yil
1592
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025 yildagi "2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-1-sonli qarori va ushbu qarorning ijrosini taʼminlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Prokurori va Ichki ishlar vaziri rahbarligida Nukus shahrida Ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya xodimlarining xizmat oldi maxsus yig‘ini o‘tkazildi.
Nukus shahri hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning
erta oldini olish mahallalarda yuz berishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish hamda "Tun"
profilaktik tadbiri davomida olib boriladigan ishlar samaradorligini oshirish maqsadida Nukus shahrida Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori va Ichki ishlar vaziri rahbarligida huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining maxsus yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda xodimlarga fuqarolarning tungi vaqtlarda spirtli
ichimliklar ichib, jamoat joylarida shovqin chiqarib yurgan shaxslar bilan
doimiy ravishda profilaktik ishlarni olib borish kerakligi tushuntirildi.
"Tun" profilaktik tadbiri respublikamiz bo‘ylab davom etadi.