16 May 2021 yil 913

Xodimlarning Xiva shahriga sayohati tashkillashtirildi.

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” ichki turizmni rivojlantirish dasturi doirasida o‘tkazilayotgan tadbirlar natijasida aholining sayohatga bo‘lgan qiziqishi kundan kunga ortib bormoqda.
Joriy yilning 16 may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyati tashabbusi bilan tizimda xizmat qilayotgan xodimlar va ularning oila aʼzolarining  Xorazm viloyatining Xiva shahriga sayohati tashkillashtirildi. Sayohatchilar Xiva shahrining Ichan-Qalʼa davlat muzeyi qo‘riqxonasidagi Kalta minor, Pahlavon Mahmud masjidi, Sherg‘ozixon madrasasi, Allaqulixon masjidlarida bo‘lishdi. Shuningdek, Sulton uais Bobo, va Abu Rayhon Beruniy ziyoratgohlari, Jaloliddin Manguberdi va Avesto yodgorligi, monumenti tarixiy obidalari va  muborak qadamjolari ziyorat qilindi.Sayohatchilar ulug‘ ajdodlarimizning ilm-fan, madaniyat va maʼnaviyat rivojiga qo‘shgan hissasi va Vatanimizning jahon hamjamiyatidagi o‘rnini yana-da yuksalishidagi ularning roli haqida chuqur taassurotlarga ega bo‘ldilar.
Sayohatchilarda, Xiva shahridagi qadimiy tarixiy va madaniy obidalar, amalga oshirilgan islohotlar katta taassurot uyg‘otdi.Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV rahbariyati tomonidan  qilinayotgan bu kabi tadbirlardan sayohatchilarning  kayfiyatlari chog‘. Ular ushbu sayohatni tashkillashtirgan vazirlik rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligini izhor etdilar.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

 

Text to speech