SAYYOR O‘QUV YIG‘INI BOSHLANDI
O‘zbekiston Respublikasining Ichki ishlar vazirligi, Favqulotda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Bosh prokuratura va Sudyalar oliy kengashining 2021 yil 10 aprel kunidagi qo‘shma qaroriga asosan, ichki ishlar organlari tizimidagi profilaktika inspektorlarini xizmatdan ajralmagan holda “shahar inspektori” va “qishloq inspektori” modellari asosida ikki bosqichda bazaviy kasbiy va chuqurlashtirilgan o‘quv yig‘inlarini o‘tkazish belgilangan.
Shu munosabat bilan, Vazirlik Akademiyasi va Malaka oshirish instituti, Milliy gvardiya harbiy texnika instituti professor-o‘qituvchilari,Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik I.Axmedov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari podpolkovnik O.Turdibayev, Vazirlik Malaka oshirish instituti hududiy filiali rahbari podpolkovnik S.Allambergenov hamda profilaktika inspektorlari ishtirokida sayyor o‘quv yig‘ini oldi uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda Vazir o‘rinbosari polkovnik I.Axmedov, Prezidentimiz tomonidan2021 yil 12 fevralda Ichki ishlar vazirligi Hayʼatining kengaytirilgan yig‘ilishida belgilab bergan ustuvor vazifalar, ichki ishlar organlari tizimida so‘ngi to‘rt yil maboynida o‘tkazilgan islohotlar hamda bugungi kunda soha xodimlari oldiga qo‘yilayotgan asosiy talablarni atroflicha tushuntirdi.
Vazir o‘rinbosari podpolkovnik O.Turdibayev,aholi o‘rtasida huquqbuzarlikning har qanday ko‘rinishiga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirishga qaratilgan samarali ishlarni amalga oshirish har bir profilaktika inspektorining asosiy vazifasi ekanligiga tuxtalib, o‘quv yig‘iniga jalb qilingan xodimlar tomonidan tasdiqlangan mavzularni to‘liq o‘zlashtirishlari, o‘quv-xizmat intizomiga qatʼiy amal qilishlari hamda bazaviy kasbiy va chuqurlashtirilgan o‘quv yig‘inlari so‘ngida yakuniy imtihonlarni yuqori ko‘rsatkichlar bilan topshirish lozimligini tushuntirdi.
Shundan so‘ng, Vazirlik Malaka oshirish institutining hududiy filiali rahbari,yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori,podpolkovnik S.Allambergenov, O‘zbekiston Respublikasining nazorat va huquq-tartibot organlari tomonidan2021 yil 10 aprel kunida qabul qilgan qo‘shma qarorining mazmun-mohiyati, bazaviy kasbiy va chuqurlashtirilgan o‘quv yig‘inlarining asosiy maqsadi, vazifalari, o‘quv yig‘ini kun tartibi va o‘quv-xizmat intizomini batafsil tushuntirdi. Shuningdek, o‘quv yig‘ini bo‘yicha tasdiqlangan ishchi guruh aʼzolarini majlis ishtirokchilariga tanishtirdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati