14 Sentyabr 2020 yil 1077

Sayyor qabullar davom etmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o'rinbosari Alisher Usmonov boshchiligidagi ishchi guruh joriy yilning 3-14 sentyabrь kunlari Respublikamizning Taxtako'pir, Chimboy, Mo'ynoq va Qo'ng'irot tumanlarida sayyor qabullarni o'tkazishdi. Sayyor qabullarga O'zbekiston Respublikasining va hududiy vazirlik, idora rahbarlari va mas'ul xodimlari qatnashib sayyor qabullarga kelgan fuqarolarning murojaatlarini o'rganib chiqishdi.
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi mas'ul xodimlariga ikki kun davomida o'tkazilgan qabullarda,  39ta murojaatlar kelib tushgan bo'lsa murojaatlarning 7tasi joyida ijobiy hal etildi. Qo'shimcha o'rganish talab etiladigan 8 ta    murojaatlar ko'rib chiqish uchun tegishli mutasaddi idoralar vakillari tomonidan nazoratga olindi. 24 ta murojaat bo'yicha asoslantirilgan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Ko'p yillardan beri fuqaroligi bo'lmagan shaxs sifatida yashab kelayotgan edim, endi men ham O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'ldim bundan juda xursandman bugun sayyor qabulga kelib, ichki ishlar vazirligining xodimlariga murojaat qilgan edim shu kunning o'zida meni hujjatlarimni rasmiylashtirib fuqarolik pasportimni yaqin kunlarda olishimni aytishdi deydi, Chimboy  tumanida yashovchi fuqaro, Azat Balkibayev.
Sayyor qabullar  davom etmoqda.

Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati
 
Text to speech