17 Iyun 2020 yil
995
Sayyor qabullarning ikkinchi kuni Qoraqalpog'iston Respublikasining Chimboy va Nukus tumanlari hududlarida bo'lib o'tdi
Vazirlik va Qo'mitalarning mas'ul xodimlari tomonidan fuqarolar uchun o'tkazilgan sayyor qabulda aholining ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog'liq murojaatlarini O'zbekiston Respublikasi IIV Kadrlar bosh boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari polkovnik H.Maxsumov, Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari polkovnik Sh.Xodjayev Vazirlik huzuridagi tergov departamenti surishtiruv ishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish bo'limi boshlig'i mayor R.Bozorov fuqarolarning murojaatlarini batafsil o'rganishdi.
Joriy yilning 17 iyunь kuni o'tkazilgan sayyor qabullar davomida fuqarolardan 45 ta murojaatlar kelib tushgan bo'lsa shulardan 7 tasi joyida ijobiy hal etildi. Qo'shimcha tekshiruv va o'rganishlarni talab etadigan murojaatlar nazoratga olindi.

Murojaatlarda asosan fuqarolik olish, biometrik pasport rasmiylashtirish, soha xodimlariga minnatdorchilik, ichki ishlar, tergovga qadar tekshiruv hamda surishtiruv harakatlaridan norozilik masalalari ko'tarildi.
Tadbirda, Chimboy tumaning 6 nafar 16 yoshga to'lgan yoshlarga dastlabki fuqarolik pasportlari topshirildi.
Sayyor qabul doirasida Chimboy tumani 3 sektor hududida istiqomat qiluvchi to'qson yoshni qarshilagan nogironligi bo'lgan fuqaro R.Aymuratova va Ye.Ernazarovlarning holidan holidan xabar olinib, ularga zaruriy oziq-ovqat va kundalik ehtiyoj mahsulotlari berildi.
Nukus tumanida o'tkazilgan sayyor qabul davomida hududda istiqomat qiluvchi yosh J.Daribayevga noutbuk sovg'a qilindi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati