Sayyor sud va psixologik trening bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning yil 28 iyul kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridagi 4-sonli mahalla fuqarolar yig‘inida probatsiya nazorati ostidagi yoshlar o‘rtasida jinoyatning oldini olish bo‘yicha sayyor sud tadbiri va yoshlarning ruhiy holatini oshirish bo‘yicha psixologik trening mashg‘uloti o‘tkazildi.
Dastlab, sayyor sud tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi probatsiya xizmati bosh inspektor psixologi katta leytenant O.A.Mustanov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sud raisi Sh.Shamambetov, va probatsiya nazorati ostidagi 13 nafar yoshlar ishtirok etishdi. Sayyor sudda Nukus shahar probatsiya nazorati ostidagi z nafar shaxs ahloq tuzatish ishlari jazosidan muddatidan oldin shartli ozod qilindi.
Shuningdek, Nukus shahar probatsiya nazorati ostidagi yoshlarga qonunga itoatkorlik xulq-atvorini, insonga, mehnatga va ijtimoiy turmush qoidalari hamda an’analariga hurmat munosabatini shakllantirishga qaratilgan psixologik trening mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Unga o‘quv muassasalardan tajribali psixologlar jalb etilib, probatsiya nazorati ostidagi 11 nafar yoshlar bilan psixologik trening mashg‘uloti o‘tkazildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati