25 Noyabr 2020 yil 892

Navbatdagi sayyor qabul Xo‘jayli tumanida bo‘lib o‘tdi.

Joriy yilning 25 noyabr kuni, Xo‘jayli tumanida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi Xalq qabulxonasi tashabbusi bilan Respublikaning 4 sektor masʼullari ishtirokida karantin qoidalariga amal qilgan holda sayyor qabullar bo‘lib o‘tdi.Sayyor qabulda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik A.Temirxanov va o‘ning o‘rinbosari podpolkovnik  M.Raxmatullayevlar ishtirok etdi.
Dastlab tuman yoshlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad tuman yoshlarining hayotiy qiziqishlarini o‘rganish, ularni  qiynab kelayotgan muammolarni aniqlash va bartaraf etish yuzasidan amaliy yordam berishdan iborat bo‘ldi.
Bo‘lib o‘tgan sayyor qabullarda fuqarolarni muammolari urganilib va ularni hal etish bo‘yicha mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berildi.
Sayyor qabul doirasida, Xo‘jayli tumanida istiqomat qiluvchi Matyusupova Xaytbikega O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasporti topshirildi.- Men  shu tumanda fuqaroligi bo‘lmagan shaxs sifatida yashab kelayotgan edim bugun menga, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasporti berildi, juda xursandman davlatimizga bugungi sayyor qabul tashkilotchilariga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman deydi – X.Matyusupova                                                                                                                                                                                                                           

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.

Text to speech