21 Sentyabr 2024 yil 2195

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov Chimboy tumanining olis hududida joylashgan ovullarda yashovchi fuqarolarining muammolarini o‘rganib ijobiy hal etish maqsadida sayyor qabul o‘tkazdi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov Chimboy tumanining olis hududida joylashgan ovullarda yashovchi fuqarolarining muammolarini o‘rganib ijobiy hal etish maqsadida sayyor qabul o‘tkazdi.  O‘tkazilgan sayyor qabulga Chimboy tumani hokimi Aybke Tajetdinov, tuman 4 sektor rahbarlari, shuningdek, tegishli soha vakillari bilan birga hudud aholisi ishtirok etdi. Qabul davomida fuqarolar o‘zlarining ijtimoiy muammolari yuzasidan murojaat qildi. Asosan ichki yo‘llarni taʼmirlash, elektr energiyasi, ichimlik suvi va tabiiy gaz tarmoqlarini yangilash kabi masalalar vazir tomonidan ko‘rib chiqildi. Bildirilgan murojaatlarning ko‘pchiligi shu joyning o‘zida o‘rganilib, ijobiy hal qilinib, ayrim murojaat egalariga huquqiy tushuntirish berildi. Shuningdek, o‘rganish ishlari talab qilinadigan masalalar yuzasidan  muddatlar belgilanib, ijrosi nazoratga olindi. Albatta o‘tkazilayotgan bunday tadbirlar xalqimizning kundali hayotida uchrayotgan muammolarni ijobiy eshimi orqali  ularning bugungi kundan rozi bo‘lib yashashiga va kelajakka bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

 

Text to speech