Sektorlar faoliyatini yaxshilash bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-leytenant P.Bobojonov joriy yil 1-6 aprel kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurib, ichki ishlar organlarining faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ichki ishlar vaziri boshchiligidagi ishchi guruhi tomonidan respublikaning barcha tuman (shahar) 3-sektorlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, ayniqsa ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan yordamlar atroflicha o‘rganib chiqildi.
O‘rganish jarayonida amalga oshirilayotgan ishlar bilan bir qatorda sektorlar faoliyatida qator kamchiliklar mavjudligi,“Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj oila aʼzolarining bandligini taʼminlash, daftarlarga kiritilgan yoshlar va ayollarning muammolarini o‘rganish, bandligini taʼminlash, sektorlarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashda muammolar mavjudligi aniqlandi.
Shu sababli joriy yilning 13 aprel kuni, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi Sektorlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i podpolkovnik J.Sharipov tashabbusi bilan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligida tuman (shahar) ichki ishlar organlari rahbarlariga biriktirilgan 3-sektor kotiblari ishtirokida seminar-mashg‘ulot o‘tkazildi.
Seminar-mashg‘ulotda sektorlar faoliyatini tashkil etishda mavjud muammolar, yo‘l quyilayotgan kamchiliklar atroflicha ko‘rsatib o‘tildi.
Seminar ishtirokchilariga sektorlarda ishlarni mahallaboy tashkil etish, daftarga hisobga olingan fuqarolarni xatlovdan o‘tkazish, mehnatga layohatli ishsizlarning bandligini taʼminlash, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagini bildirganlarga yordamlar ko‘rsatish, yoshlarga yer ajratishda sektorlar oldida turgan vazifalar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati