11 Sentyabr 2025 yil 440

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-martdagi PQ-110-son qarori va Ichki ishlar vazirligining 2024-yil 25-iyun kungi 345-sonli buyrug‘i talablariga asosan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV, hududiy IIO va Vazirlikning Qoraqalpoq akademik litseyidan mas’ul xodimlar ishtirokida Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIVga biriktirilgan Mo‘ynoq tumanida joylashgan 7-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktab xodimlari va o‘quvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi

Tashrif davomida, maktab foliyati KPI baholash tizimida o‘rganilib, mas’ul xodimlar tomonidan o‘quv-metodik  va amaliy-uslubiy yordam ko‘rsatildi hamda 9-sinf bitiruvchilariga akademik litseyda o‘quvchilar uchun ta’lim olish jarayoni, yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilib, IIO xodimlari va akademik litsey o‘qituvchilari tomonidan mahorat darslari tashkil etildi. Bundan tashqari, maktab direktori bilan birgalikda hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar rejasi belgilab olindi

 

Text to speech