28 Sentyabr 2024 yil 1953

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov tomonidan fuqarolarning Ichki ishlarga bog‘liq masalalari yuzasidan shaxsiy qabuli o‘tkazildi

Joriy yilning 28-sentyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi binosida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyar Torebekov belgilangan jadval asosida fuqarolarning turli xil masalalari yuzasidan shaxsiy qabul o‘tkazildi. Shaxsiy qabul davomida ichki ishlar vaziri Ichki ishlarga bog‘liq masalalar yuzasidan fuqarolarning muammo va murojaatlarini tingladi. Murojaatlarda fuqarolar buzilgan huquqlarini tiklash, ishga kirish va boshqada masalalar yuzasidan murojaatlarini yo‘lladi. Shaxsiy qabulda fuqarolarning ko‘pchilik muammolari joyida hal qilinib vaqt talab qilinadiganlariga muddat belgilanib tegishli mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Axborot xizmati   

Text to speech