11 Yanvar 2021 yil
1280
Probatsiya xizmati hisobidagi shaxslar bilan profilaktik tadbirlar davom etmoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 noyabrь kunidagi «Jinoyat ijroiya qonunchiligini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» gi PQ-4006-sonli Qarori hamda O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 fevralь kunidagi «Ichki ishlar organlari probatsiya xizmati faoliyati samarali tashkil etish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi Qarorlari ijrosini ta'minlash Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi probatsiya xizmati tomonidan ham bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Joriy yilning 9 yanvarь kuni Nukus shaharidagi Yoshlar markazi binosida “14-yanvarь Vatan himoyachilari” kuni munosabati bilan Nukus shahar Ichki ishlar organlari probatsiya guruhi hisobida turgan shaxslar o'rtasida qayta jinoyat sodir etishining oldini olish, jamiyatga moslashishi, o'rnatilgan tartib qoidalarga rioya qilishlari shuningdek, ozodlik va oila qadr-qimmatini anglash borasida O'zbekiston Respublikasi IIV JIEBB huzuridagi Probatsiya xizmati, hududiy huquqni muhofaza qilish organlari, Yoshlar ittifoqi bo'limi vakillari hamda mutasaddi idora va tashkilotlar vakillari ishtirokida davra suhbati o'tkazildi.
Tadbir davomida, tuzalish yo'liga o'tgan, o'rnatilgan tartib-qoida talablarga rioya qilgan, mehnatga halol munosabatda bo'lgan shaxslarni muddatdan ilgari ozod qilish uchun Nukus shahar IIO taqdimnomasiga asosan jinoyat ishlari bo'yicha Nukus shahar sudi tomonidan sayyor sud o'tkazilib, probatsiya guruhi hisobida turgan 8 nafar shaxslarning jazo muddatlari muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilindi.
Shuningdek, Nukus shahar Probatsiya hisobida turgan yoshlar o'rtasida sportning shaxmat, shashka turi bo'yicha sport musobaqasi o'tkazilib, ushbu musobaqada faxrli o'rin egallagan shaxslar, O'zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Probatsiya xizmati bo'lim boshlig'i polkovnik B.Parmonov boshchiligidagi ishchi guruhi hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Probatsiya bo'limi boshlig'i podpolkovnik U.T.Qurbanbayevalar tomonidan sovrin va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati