11 Sentyabr 2020 yil
1013
Probatsiya hisobida turgan shaxslar muddatidan oldin ozod etildi.
Nukus tumani ichki ishlar organlari Probatsiya guruhining Hamkor tadbiri davomida K.K, va K.Alarning o'tolmay qolgan jazolaridan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilishni so'ragan taqdimnomasi jinoyat ishlari bo'yincha Nukus tumani sudida , sudlangan K.K. va K.Alar jazosini o'tash davrida o'zini yaxshi tarafdan ko'rsatib, yashash va ish joyidan yaxshi hulq-atvorga ega bo'lganligi va sodir etgan jinoyatidan to'g'ri xulosa chiqarib, tuzalish yo'liga o'tganligi sababli, o'tolmay qolgan K.Kning 10 oy 21 kuni hamda K.Aning 1 yil 11 oy 21 kun jazosidan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 72 va 73-moddalariga asosan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati