26 Oktyabr 2020 yil 928

Soha xodimlarining kasbiy bilimlari oshirilmoqda

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2020 yil 13 avgust kunidagi 7-sonli bayoni ijrosini ta'minlash va O'zbekiston Respublikasi IIVning 2020 yil 21 oktyabrь kunidagi 2/3521-son ko'rsatmasiga muvofiq, Vazirlik Malaka oshirish institutining Qoraqalpog'iston filialida Qoraqalpog'iston Respublikasi ichki ishlar organlari tizimida «Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga, shuningdek, terrorizm va ekstremizmga  qarshi kurashish» faoliyatini amalga oshiruvchi jami 21 nafar xodimlarning kasbiy bilim va amaliy ko'nikmalarini oshirish bo'yicha masofaviy (onlayn) seminar-trening mashg'uloti o'tkazilmoqda.
O'quv mashg'ulotlari O'zbekiston Respublikasi IIV tomonidan 2020 yil 2 oktyabrь kuni tasdiqlangan «Odam savdosiga qarshi kurashishga mas'ul bo'lgan ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy bilimlarini oshirish bo'yicha trening kurslarining o'quv dasturi» asosida tashkil etilishi belgilangan bo'lib, joriy yilning 26-27 oktyabrь kunlari o'tkazilishi rejalashtirilgan.
Mashg'ulotlarni sifatli va natijali o'tkazilishini ta'minlash bo'yicha Vazirlik va uning Malaka oshirish instituti rahbariyatlari tomonidan tajribali professor-o'qituvchilar, shuningdek, ko'p yillik amaliy tajribaga ega xodimlar hamda davlat va jamoat tashkilot vakillarining ishtiroki ta'minlangan, deydi Institutning Qoraqalpog'iston filiali rahbari yuridik fanlari bo'yicha falsafa doktori podpolkovnik Saparbay Allambergenov.
 
 
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati.
 
Text to speech