2 Mart 2023 yil 548

Sodir etilgan jinoyatlar muhokamasi jamoatchilik e'tiborida bo'lishi kerak. Yig'ilishda muhokama

Beruniy tumanida sodir etilgan jinoyatlarning muhokamasi bo'yicha yig'ilish bo'lib o'tdi. Yig'ilishda tuman hokimi A.X.Saparbayev hamda Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik B.Torebekov ishtirok etdi. Mahalla jamoasi, tumandagi 72 ta maktab direktorlari hamda psixologlari ishtirokida bo'lib o'tgan yig'ilish davomida, sodir etilgan jinoyatlar va ularning oqibatlari muhokama hamda tahlil qilindi. Voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarliklar sodir etilishiga moyilligi bo'lgan o'quvchilarni maktab psixologlari bilan birgalikda o'rganib, huquqbuzarlik sodir bo'lishining oldini olish bo'yicha to'g'ri tashkiliy ishlar olib borilishi bo'yicha topshiriqlar berildi. Bundan tashqari mahalla faollari bilan birgalikda mahallada sodir etilgan jinoyatlarning muhokamasini tegishli organlar bilan birgalikda olib borish, jinoyatning oqibati jazo ekanligi, qayta sodir etilishiga yo'l qo'ymaslik bo'yicha keng tushuntirish ishlari olib borish bo'yicha qat'iy topshiriqlar berildi

Text to speech