19 Aprel 2025 yil
419
Respublikamiz hududida o‘tkazilayotgan "Xavfsiz va sog‘lom el" profilaktik tadbiri doirasida jinoyat sodir etganlikda ayblanib qidiruvda yurgan shaxs Beruniy tumanida ushlandi.
Oylik doirasida shu yilning 17-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanib, qidiruvda yurgan Beruniy tumanida yashovchi 1975-yilda tug‘ilgan N.Ya ismli shaxs shu yilning 18-aprel kuni o‘tkazilgan keng ko‘lamli operativ tadbirlar natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Тezkor qidiruv xizmati Qidiruv ishlarini tashkil etish bo‘limi va vazirlikning Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi xodimlari tomonidan Beruniy tumanida ushlandi.