22 May 2025 yil
1596
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri ishtirokida Taxiatosh tumanida kriminogen vaziyatni yaxshilash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, mahallalarda sodir etilishi mumkin bo‘lgan har qanday jinoyatlarning oldini olish borasidagi ishlarni kuchaytirish maqsadida huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining xizmat oldi yig‘ini o‘tkazildi.
Joriy yilning 21 may kuni
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri polkovnik Baxtiyor Torebekov
ishtirokida Taxiatosh tumanida Ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya
xodimlarining xizmatoldi yig‘ini o‘tkazildi. Unda Ichki ishlar vaziri so‘zga chiqib,
tuman hududida spirtli ichimliklar iste’mol qilib, mast holda jamoat joylarida
shovqin ko‘tarib yurgan shaxslar bilan muntazam ravishda profilaktik suhbatlar
o‘tkazilib, har qanday sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyatlarning oldini
olish, shuningdek, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish borasidagi
ishlarni kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.