25 Noyabr 2021 yil 810

SOHA RAHBARLARINING KASBIY BILIMLARINI OShIRISh BO'YIChA O'QUV KURSI OLDI UChRAShUV O'TKAZILDI

Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi va boshchiligida so'ngi yillarda barcha soha qatori ichki ishlar organlari tizimida ham keng qamrovli islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda.Xususan, davlat rahbari va hukumat qarorlari, shuningdek, ichki ishlar vazirligining tegishli me'yoriy hujjatlariga asosan, ichki ishlar organlari xodimlari uchun «Uzluksiz o'quv-karьera tizimi» ta'sis etildi.
O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2021 yil 20 noyabr kunidagi «Ichki ishlar organlarining rahbar xodimlari malakasini oshirish bo'yicha o'quv kurslarini tashkil etish to'g'risida»gi 247-sonli farmoyishiga asosan, Vazirlik Malaka oshirish instituti tomonidan joriy yilning 22-26 noyabr kunlari Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda tuman (shahar) ichki ishlar organlari tizimidagi tegishli sohaviy xizmat rahbarlarining kasbiy bilimlarini oshirish bo'yicha sayyor o'quv kursini o'tkazish belgilangan.
Shu munosabat bilan, joriy yilning 22 noyabr kuni O'zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti boshlig'i, texnika fanlari nomzodi, dotsent polkovnik O.T. Axmedov boshchiligida o'quv kursi oldi uchrashuvi o'tkazildi.
Uchrashuvda Vazirlik Malaka oshirish institutining tajribali professor-o'qituvchilari, Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv, Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish hamda Tergov xizmatining rahbar xodimlari, shuningdek, tuman (shahar) ichki ishlar organlari boshliqlarining birinchi va tergov yo'nalishi bo'yicha o'rinbosarlari ishtirok etdi.
Majlisda Vazirlik Malaka oshirish instituti boshlig'i, texnika fanlari nomzodi, dotsent polkovnik O.T. Axmedov tomonidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan ichki ishlar organlari tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, unda qo'yilgan asosiy talablar, shuningdek, ichki ishlar organlari xodimlarini boshlang'ich kasbiy tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo'yicha amalga oshirilayotgan islohotlar hamda Ichki ishlar vazirining 2021 yil 20 noyabr kunidagi 247-sonli farmoyishi talablarini batafsil yetkazdi.
Majlis so'ngida,Vazirlik Malaka oshirish instituti boshlig'i, texnika fanlari nomzodi, dotsent polkovnik O.T. Axmedov tomonidan Vatanimiz tinchligi va el-yurt osoyishtaligini ta'minlash yo'lidagi ko'p yillik fidokorona xizmatlari, o'z xizmat burchini bajarishda ko'rsatgan tashabbuskorligi va halolligi, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish ishlariga munosib hissasini qo'shib kelayotgan hamda 25 oktyabr – «Ichki ishlar organlari xodimlari kuni» munosabati bilan Malaka oshirish institutining Qoraqalpog'iston Respublikasi filiali rahbari – Qoraqalpoq akademik litsey direktori o'rinbosari yuridik fanlari bo'yicha falsafa doktori, podpolkovnik Allambergenov Saparbay Dauletbayevichni «O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 30 yilligi» esdalik nishoni hamda Malaka oshirish instituti boshlig'ining«Tashakkurnomasi» bilan taqdirladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati

Text to speech