29 Oktyabr 2020 yil 918

Bayram munosabati bilan soha xodimlari taqdirlandi

25 oktyabrь Ichki ishlar organlari xodimlari kuni bayrami munosabati bilan, vatanimiz tinchligi va el-yurt osoyishtaligini ta'minlash yo'lidagi fidokorona xizmatlari, jinoyatchilikka qarshi kurashish, uni oldini olish hamda og'ir va mas'uliyatli, shu bilan birga sharafli hisoblangan jinoyatlarni tergov va surishtiruv qilish bilan bog'liq faoliyatida fidoyilik namunasini ko'rsatib, o'z xizmat burchlariga vijdonan sidqidildan yondashib, o'z hamkasblariga o'rnak bo'lib kelayotganligi uchun Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning joylardagi Tergov bo'limida xizmat olib borayotgan bir qator xodimlar taqdirlandi. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokurori N.T.Yo'ldoshevning 2020 yil 24 oktyabrь kungi buyrug'i bilan,  Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi korruptsiya, tovlamachilik va iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarni tergov qilish guruhining katta tergovchisi kapitan Saliyev Gofurjon Parxatovich, Bosh prokurorning «FAXRIY YoRLIG'I» bilan,  To'rtko'l tumani IIB huzuridagi Tergov bo'limi tergovchisi kapitan Kurambayev Toxir Xusinovich «TAShAKKURNOMA» bilan taqdirlandilar.
2020 yil 29 oktyabrь kuni Qoraqalpog'iston Respublikasi prokuraturasida, Respublika prokurorining birinchi o'rinbosari Nurmetov To'lqin Kax ramanovich tomonidan katta tergovchi G.P.Saliyevga Bosh prokurorning «FAXRIY YoRLIG'I» hamda tergovchi T.X.Kurambayevga «TAShAKKURNOMA» tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, Qoraqalpog'iston Respublikasi prokurori Allambergenov Farxat Yembergenovichning taqdimnomasiga asosan «1.200.000 so'm» pul  mukofoti bilan,  Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov boshqarmasi shaxsga qarshi jinoyatlarni tergov qilish guruhining katta tergovchisi kapitan Kazakov Jasurbek Aybekovich,  Nukus shahar IIO FMB 2-son IIB huzuridagi Tergov bo'linmasi tergovchisi kapitan Utemuratov Salamat Abadbayevich va Beruniy tumani IIB huzuridagi Tergov bo'linmasi boshlig'i
mayor Igamberdiyev Ravshanbek Babadjanovichlar taqdirlandilar.
 Mukofotlar muborak bo'lsin, aziz hamkasblar!
 
Qoraqalpog'iston Respublikasi IIV Axborot xizmati
Text to speech