17 Oktyabr 2025 yil 41

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari – Tergov boshqarmasi boshlig‘i tomonidan Taxiatosh tumanining kriminogen vaziyati og‘ir hamda “qizil” toifaga tushgan «Taxiatosh» mahallasi o‘rganildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 03.01.2025 yildagi «2025 yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-1-sonli Qaroriga asosan amalga oshirilayotgan ishlari o‘rganilib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, kriminogen vaziyati murakkab yoki og‘ir mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bo‘yicha samarali tizimni yo‘lga qo‘ygan va mahalladagi kriminogen vaziyatni barqarorlashtirishga erishgan hamda o‘z xizmat burchini masʼuliyat bilan sidqidildan, halol bajargan, ijobiy natijalarga erishgan, hamkasblariga o‘rnak bo‘lgan bir guruh xodimlar Vazirlikning faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Text to speech