29 Iyul 2020 yil
4493
Mast holatda avtotransport boshqargan fuqaro profilaktika inspektorining o'limiga sababchi bo'ldi.
Bugungidek sinovli kunlarda Ichki ishlar organi xodimlari hududlarda tinchlik-osoyishtalikni ta'minlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish bilan birga koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashda ham fidoyilik namunalarini ko'rsatib kelmoqda. Lekin, ayrim fuqarolarning hozirda belgilangan karantin tartib-qoidalariga amal qilmasdan spirtli ichimlik ichib avtomashina boshqarishi turli noxush vaziyatlarni keltirib chiqarmoqda.
Joriy yilning 29 iyulь kuni soat 01:40lar chamasida Qo'ng'irot tumani IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'linmasi tayanch punktlari profilaktika katta inspektori podpolkovnik Ganibayev Mansur Jangabayevich va oldin profilaktika inspektori yordamchisi lavozimida xizmat qilgan, hozirgi vaqtda jamoatchilik asosida xizmat olib borayotgan fuqaro Tanatov Janibek Asanovichning boshqaruvida bo'lgan «Nexia-1» rusumli davlat belgisi 95 S 992 CA avtomashinasida o'ziga biriktirilgan ma'muriy hududida xizmat olib borib, ushbu avtomashina bilan A-380-Guzor-Buxoro-Nukus-Beyneu avtomagistrali yo'lining 868-869 km oralig'ida yo'lning chetida turgan paytida, Qonliko'l tumanida yashovchi 1988 yili tug'ilgan fuqaro K. B. mast holatda o'z boshqaruvida bo'lgan «Nexia-3» rusumli avtomashinasi yo'lning qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanib kelib, fuqaro J.Tanatovning «Nexia-1» rusumli avtomashinasiga kelib urilishi natijasida yo'l transport hodisasi sodir bo'lgan.
Mazkur yo'l transporti hodisasi natijasida fuqaro J.Tanatovning avtomashinasida bo'lgan Qo'ng'irot tumani IIB HPB TP profilaktika katta inspektori podpolkovnik M.Ganibayev olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan.
Hozirda holat yuzasidan Qo'ng'irot tumani prokuraturasi tomonidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi rahbariyati va shaxsiy tarkibi Qo'ng'irot tumani IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi bo'linmasi tayanch punktlari profilaktika katta inspektori podpolkovnik Ganibayev Mansur Jangabayevichning vafoti munosabati bilan marhumning oila a'zolari va yaqin qarindoshlariga chuqur ta'ziya izhor etadi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi